UZEX Global faoliyati, xalqaro hamkorlik, tadbirlar va bozor tendensiyalari haqidagi soʻnggi maʼlumotlar.
UZEX GLOBAL «Fyuçers savdolari: asoslardan amaliyotgaça» mavzusida birinçi öquv kursini taşkil etdi. Öquv dasturi öz içiga fyuçers savdolarining asoslari, bozorning işlaş mexanizmi, narxlar dinamikasini tahlil qiliş, narx xatarlarini xedjirlaş vositalari hamda Nova 2.0 savdo platformasida işlaşga bağişlangan beşta tematik yönalişni qamrab oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining «Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari birjalari savdolarida ishtirok etishi ustidan nazoratni ta’minlash va ularning manfaatlarini himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 82-son qarori ijrosi doirasida qabul qilindi. Mazkur hujjat 2026-yil 23-oktabrda Adliya vazirligida 3961-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2026-yil 17-sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 82-son “Narxlar o‘zgaruvchanligi davrida moliyaviy xatarlardan samarali himoyalanishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (UZEX) hamda xalqaro investitsiya guruhi Phillip Capital (Singapur) tomonidan tashkil etilgan UZEX GLOBAL qo‘shma korxonasining rasmiy ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda davlat organlari, mahalliy birja va tijorat banklari, tartibga soluvchi tashkilotlar, yirik korxonalar va ishbilarmon doiralar vakillari, shuningdek, yetakchi xalqaro derivativ birjalari va moliyaviy institutlarning rahbarlari hamda ekspertlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) Boshqaruv raisi Asadulla Qayumov va Chikago tovar birjasi guruhi (CME Group)ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Boshqaruvchi direktori Rassel Bitti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) Boshqaruv raisi Asadulla Qayumov va Interkontinental birja (ICE)ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (APAC) bo‘yicha direktori Mariya Levanti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) Boshqaruv raisi Asadulla Qayumov va Phillip Capital xalqaro investitsiya kompaniyasi Boshqaruv raisi Lim Xua Min o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Chikago tovar birjasi (CME Group) Phillip Capital xalqaro investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda 18–19-avgust kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) uchun fyuchers bozorlari, narx tavakkalchiliklarini boshqarish va xedjirlash mexanizmlariga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv vebinarlarini o‘tkazmoqda.
CME Group, UZEX va Phillip Capital hamkorligida tashkil etilgan “CME Group fyucherslari orqali tovarlar bo‘yicha xedjlash” mavzusidagi xalqaro o‘quv vebinarining ikkinchi kuni 19-avgust kuni onlayn formatda o‘tkazildi.
25-iyun kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX)da AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) bilan hamkorlikda fyuchers savdosini rivojlantirish va tovar bozorlarida narx xavflarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida derivativlar bozorini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar boshlandi. Tadbir AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2026) doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) rahbariyati Phillip Capital xalqaro moliyaviy guruhi tarkibiga kiruvchi Phillip Securities delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va Singapurning Phillip Capital kompaniyasi o‘rtasida fyuchers savdosini rivojlantirish, zamonaviy tovar derivativ instrumentlarni joriy etish hamda O‘zbekistonning birja infratuzilmasini jahon tovar bozorlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

UZEX Globalʼga qoʻshiling:hamjamiyatimiz aʼzosiga aylaning